​Uy xandon bekaning siri nimada?

Uy yumushlariyu ro`zg`or tashvishlari bilan bo`lib, tobora asabiy va jizzaki ayolga aylanib borayapsizmi? «Ha» deyishga og`iz juftlayotgan bo`lsangiz, to`xtang! Qani o`zingizni qo`lga olingchi! Qaddingizni tik tutdingizmi? Barakalla! Ana endi ijobiy hissiyotlarni paydo qilishning bir qancha usullari bilan tanishing.

Shokolad va qahva! Kuz tongini aynan mana shu juftlik bilan boshlang. Qaynoqqina qahva va tilda eriydigan shirinlik, albatta, kayfiyatingizning ko`tarilishiga yordam beradi. Tabassum bilan boshlangan kun esa hayrli kechadi.

Quloqchinlaringiz bormi? Musiqa kayfiyatga qarab tanlanishi rost. Kuzda ko`pincha sokin taronalarni tinglaymiz. Ammo bu bilan ayriliq yoki shu kabi kayfiyat bag`ishlovchi taronalarni tushunmang. Muhabbat to`g`risidagi qo`shiqlarni tinglang! Quloqchinlarni taqib olib, uy ishlarini bajarish esa g`ayratingizni oshiradi.

Be the first to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published.


*